Joriy yilning 23-fevral, yani juma kuni Ulsan universitetining martabali mehmonlari Ulsan shaxri elchisi bilan birga Obuda universitetiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif institutlarimiz o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bu universitetning xalqaro aloqalar va akademik almashinuvni global miqyosda rivojlantirishga peshqadamligini bildiradi.
Ushbu tashrif Janubiy Koreyaning gavjum hisoblanagan sanoat markazida joylashgan Ulsan universiteti va Obuda universiteti o‘rtasidagi samimiy xarakat va o‘zaro hurmat belgisi sifatida alohida ahamiyat ifodaladi. Ushbu tadbir madaniy almashuv, akademik va tadqiqot ishlari sohasida potentsial hamkorlikni aniqlash uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.
Tashrif chog’ida diqqatga sazovor joylardan biri bo’lgan Obuda universitetidagi zamonaviy robototexnika laboratoriyasiga ekskursiya tashkil qilindi. Robototexnika laboratoriyasi universitetning innovatsiyalar va texnologik taraqqiyot doirasida ilg’orligi aloxida ahamiyatga molik. Ulsan universiteti delegatsiyasi robototexnika sohasidagi so‘nggi yutuqlari bilan tanishish va bu sohada yetakchi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
Mazkur tashrif davomida Ulsan universiteti va Obuda universiteti o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Kun tartibida kelgusidagi qo’shma tashabbuslar, talabalar almashinuvi, ilmiy hamkorlik va professor-o’qituvchilar hamkorligiga asos soluvchi anglashuv memorandumi ham muhokama qilindi.
Memorandumning imzolanishi nafaqat ikki universitet o‘rtasidagi majburiyatni rasmiylashtiradi, balki uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarga yanada kengroq yo‘l ochadi. Bunday kelishuvlar akademik va madaniy almashinuv uchun ko’prik vazifasini sifatida xizmat qilib, mintaqalar bo’ylab bilim, g’oyalar va resurslar almashinuvini osonlashtirdi.
Kun davomida har ikki tomon konstruktiv muloqot o‘tkazish, fikr almashish va o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi. Tashrif samarali fikr, tajriba va intilishlar almashinuvi bo‘lib, akademik kontekstni rivojlantirishga, butun jamiyat rivojiga hissa qo‘shuvchi kelgusidagi faoliytlarga zamin yaratdi.
Ulsan universiteti delegatsiyasini va Ulsan shahri elchisini qutlar ekan, Obuda universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va global miqyosda akademik mukammallik va innovatsiyalar uchun imkoniyatlar yaratishga qodirligini yana bir bor tasdiqladi. Tashrif nafaqat universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamladi, balki geografik chegaralarni kesib o‘tgan va butun dunyo bo‘ylab oliy ta’lim tizimini boyitgan do‘stlik, hamkorlik va hamjihatlik kabi qadriyatlarni mustahkamladi.