Back

Pannonia dasturi ishga tushirildi! Hujjatlar 10-martgacha qabul qilinadi!

Obuda universitetida Pannonia stipendiya dasturiga ariza topshirish jarayoni                  1-mart kuni boshlandi. Ushbu mobillik granti orqali talabalar chet eldagi turli universitetlarda ilg’or tajriba va esda qolarli xotiralar ega bo’lishlari uchun yaxshi imkoniyat. Dastur xalqaro tajriba va bilimlarni egallashni rag’batlantirib,  nomzodlar qo’llab-quvvatlanadigan dasturlar orqali ko’plab mamlakatlarda taxsil olishlari va professional tajriba orttirish imkoniga ega bo’lishadi.

2024/2025 o‘quv yilining kuz semestrida qisqa muddatli va uzoq muddatli mobillik dasturlari mavjud. Arizalarning birinchi bosqichi 10-martgacha qabul qilinadi.

Pannonia dasturida ishtirok etish va xorijda tajriba orttirishning bir qator afzalliklari mavjud. Masalan, kreditni to’liq tan olinishi ishtirokchi talabalarning o’qishlarini kechiktirilmasligini ta’minlaydi. Ular o’z mablag’lari hisobidan ta’lim olayotganlaridan tashvishga tushmasdan, to’xtagan joyidan davom ettirishlari  mumkin. Pannonia dasturi boʻyicha xorijda qisman taʼlim yoki kasbiy amaliyotda qatnashayotgan Obuda universiteti talabalari oʻnta qoʻshimcha chegirmalarni taklif qiluvchi virtual qiymat va erkin tanlangan mobillik fanidan qoʻshimcha beshta kredit olishlari mumkin.

Qollab quvvatlovchi imkoniyat yani 350 000 HUF dan 400 000 HUF gacha bo’lgan yuqori qiymatli stipendiyalar imkoniyatini beradi. Uzoq muddatli mobillik uchun talabalar har oyda 100 000 HUF, qisqa muddatli mobillik uchun esa kuniga 2500 HUF miqdorida yordam pulini olishlari mumkin. Pannonia stipendiya dasturining birinchi bosqichi 2024/2025 o’quv yilining kuzgi semestriga uzoq muddatli (2 oydan 3 yoki 5 oygacha) mobillik uchun arizalarni taklif qiladi.

Óbuda universitetining chet eldagi hamkor universitetlaridan birida sirtqi ta’limda taxsil olish yoki xorijiy universitet, kompaniya, professional tashkilot yoki notijorat tashkilotda stajirovka yoki tadqiqot faoliyati uchun bir qator  imkoniyatlar mavjud.

Har qanday ta’lim darajasi va har qanday taxsil olish rejimidagi talabalar ariza topshirishlari mumkin. Qisman ta’limni Óbuda universitetining hamkor universitetlaridan birida olish mumkin.

Ariza topshirish muddati:

Qisman taxsil olish: Yakshanba, 2024 yil 10 mart, 23:59 (ariza platformasi 2024 yil 1 martga qadar ochiq)

Professional amaliyot: uzluksiz, ariza amaliyot boshlanishidan 2 oy oldin topshirilishi kerak.

Uzoq muddatli, tadqiqotga yo’naltirilgan mobillik: doimiy, ariza mobillik  boshlanishidan kamida 2 oy oldin topshirilishi kerak.

Pannonia stipendiya dasturi haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havolada topishingiz mumkin: https://pannoniaosztondij.hu/about-the-pannonia-scholarship-programme

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy