Back

Obuda universiteti Osiyo va Yevropada xalqaro hamkorlik bo’yicha  UNICATION Erasmus+ loyihasida ishtirok etadi

Obuda universiteti STEM ofisidan ajoyib yangilik xabar! Obuda universiteti UNICATION: Kambodja va Filippindagi xalqaro loyihalar doirasida  muloqotni birlashtirish deb nomlangan yangi Erasmus+ (CBHE) salohiyatini oshirish loyihasida ishtirok etayotganini faxr bilan e’tirof qilamiz. Ushbu loyiha 2023 yilgi tanlovda tasdiqlangan va 2023 yilning dekabridan 2025 yilning noyabrigacha davom etadi. Koordinator Oliy Téxnika Instituti,  Lissabon, Portugaliya.

UNICATION loyixasining maqsadi shundan iboratki, uchinchi mamlakatlardagi xalqaro ofis (XO) jamoalarining malaka va imkoniyatlarini oshirish hamda Osiyo va Yevropadagi oliy taʼlim muassasalari (OTM) va Osiyo OTMlari oʻrtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu KA2 Erasmus+ loyihasi Téxnika Lissabon Universiteti Xalqaro aloqalarini xalqarolashtirishga erishish va butun dunyo oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishga intilishi namunasidir. Ushbu loyihani Natasha Moniz va Ana Pipio Lissabon Téxnika Universiteti nomidan olib borishadi  va bu kabi xalqaro munosabatlar va loyixalar bo’yicha hamkorliklar sifatini oshirishga, shuningdek, dunyoning turli qit’alari o‘rtasida o’zaro madaniy ongni rivojlantirishga erishishga muhim hissa qo‘shishiga ishonadilar.

  Ushbu xalqaro loyihaga tayyorgarlik ko’rish jarayonida biz adabiyotlar bilan  yaqindan tanishish, ma’lumotlarni tahlil qilish va chuqur muloxazali tavsiyalar  orqali oliy ta’lim muassasalarining muxim ehtiyojlarini o’rgandik. Endi bizning asosiy e’tiborimiz ushbu ehtiyojlarni o’rganish va so’rov natijalarni mustaxkam Tayyorlash Rejasiga kiritishdir. Loyihaning dastlabki bosqichida biz sohalar va rivojlanish bo’yicha ehtiyojlarini aniq tushunish uchun fokus-guruh muhokamalarini o’tkazamiz. Obuda boshchiligidagi 2022 yilgi Efiopiya Qishloq xo’jaligi Parklarini baholash kabi oldingi loyihalarda sinab ko’rilgan va sinovdan o’tgan bu kabi yondashuv maqsadli va samarali o’quv materialini taqdim etadi. Moslashtirilgan savollar, tuzilgan intervyular va batafsil tahlillar agentliklar va manfaatdor tomonlarga keng qamrovli xulosa hisobotini taqdim etish uchun yo’l ochadi. Ushbu qiziqarli sayohat davomida Obuda universiteti tajribasidan foydalanib, aniqlangan ehtiyojlarni amaliy trening va murabbiylikka integratsiyalashtirganimiz sabab bizni kuzatishda davom eting!

    Université     Obuda University

    University of the Philippines

“Call 2023” loyihasi Yevropa Komissiyasi tomonidan jami  348 424,00 yevro mablagʻ bilan maʼqullangan boʻlib, 24 oy davom etadi (2023-yil dekabr – 2025-yil noyabr)  yettita xamkorlarni o’z ichiga olib, shulardan uchtasi Yevropa Ittifoqi davlatlari (Portugaliya, Fransiya va Vengriya) va ikkitasi Osiyo davlatlari (Kambodja va Filippin)ni tashkil qiladi.

   Ishtirokchi universitetlar:

      Lissabon universiteti/Oliy Texnika Instituti

      Côte d’Azur universiteti

      Obuda Universiteti

      Filippin Universiteti

       Batangas Davlat Universiteti

       Phnom Penh  Xalqaro Universiteti

      Heng Samrin Thbongkhmum Universiteti

      Menejment Milliy Universiteti

Yevropa Ittifoqi tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi. Biroq bildirilgan fikr va mulohazalar faqat muallif(lar)ga tegishli bo‘lib, Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Ta’lim va Madaniyat Ijroiya Agentligining (YTMIA) qarashlarini aks ettirmaydi. Na Evropa Ittifoqi, na YTMIA ular uchun javobgarlikni bo’yniga olmaydi.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy