Back

Obuda universiteti va Vyetnamning eng nufuzli ikkita universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Obuda universiteti Janubiy-Sharqiy Osiyodagi ikkita dunyoga mashhur va mintaqadagi eng jadal rivojlanayotgan universitetlar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.  Kelishuv 19-yanvar sanasida Milliy Davlat xizmatlari universitetida o’tkazilgan yig’ilishda tashkil qilingan bo’lib, uchrashuvda Vengriya va Vetnam universitetlari o‘rtasida jami o‘nta kelishuvni imzolashga muvaffaq bo’lindi.  Obuda universiteti rektori, professor, doktor Levente Kovacs bu kabi kelishuvlarning universitet uchun muxim ahamiyatini ta’kidlab, Janubiy-Sharqiy Osiyoda olib borilayotgan  mavjud hamkorlikning bir qismi xisoblangan mobillik va  qo‘shma tadqiqot dasturlariniga to’xtalib o’tdi.

    Tadbir davomida Davlat Xizmatlari Milliy Universiteti rektori Gergeli Deli va Mudofaa vaziri Kristof Szalay-Bobrovniczki Vyetnam Bosh vaziri Pham Minh Chinh va delegatsiyalar a’zolarini qarshilab olishdi. Vengriya Markaziy va Sharqiy Yevropada Vetnam bilan har tomonlama sheriklik aloqalarini o‘rnatgan yagona davlat ekanligi ta’kidlab o’tildi. Barcha ishtirokchilar Vengriya va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bir-biri uchun tobora muhim hamkorlarga aylanib borayotganligini, bu esa o’z navbatida savdo, ta’lim va madaniy soxalardagi hamkorliklarni tobora kengayishiga, shuningdek, yanada muvaffaqiyatli hamkorlikka olib kelishini ta’kidlab o’tishdi.

 Olib borilgan muzokalar davomida Vetnam va Vengriya universitetlari o‘rtasida o‘nta hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu kelishuvlar mavjud hamkorlikka asoslangan bo’lib, hozirgi kunda Vengriya Oliy Ta’lim Muassasalarida 900 dan ortiq vetnamlik talabalar tahsil olishmoqda. Uchrashuvda universitet rahbarlari oʻzaro ilmiy hamkorlik doirasida Qoʻshma  Diplom Dasturlarini yolga qoyish, ikki tomonlama mavjud ilmiy almashinuv dasturlarini doirasida qoʻshma nashrlarni chop etish,  shuningdek, hamkorlikda seminar va konferensiyalar tashkil etish kabi faoliyatlarga ham kelishib olishdi.

Uchrashuv oldidan rektor Professor Dr. Levente Kovács Ho Chi Minh Shahar Texnologik  Universiteti (HCMCOU) va Tailand Nguyen Texnologiya Universiteti rahbarlari bilan maqsadli hujjatlarni imzolashdi. Tadbir davomida hujjatlar tantanali ravishda taqdim etildi.

Tadbirda Obuda universitetidan, jumladan, Dr. habil. Ervin Rácz O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,Prof. Dr. Imre Felde,Iishlab chiqarish va biznes xamkorlik  bo‘yicha prorektor, Dr. habil. Mónika Garai-Fodor, , Iqtisodiyot fakulteti dekani va Tibor Bial, xalqaro direktor kabi vakillari ishtiirok etishdi. (Tibor Bial Vetnam universitetlari rahbarlaridan professor doktor Levente Kovacs nomidan maqsadli hujjatlarnii qabul qildi).

Professor doktor Levente Kovacs o‘tgan yili Vetnamning uchta Oliy Ta’lim Muassasalari bo’lmish  Xanoy Fan va Texnologiyalar Universiteti, Konchilik va Geologiya Universiteti va Milliy iqtisodiyot universiteti rahbariyati bilan hamkorlik shartnomalari imzolanganligini eslatib o’tdilar. Yaqinda imzolangan kelishuvlar Janubiy-Sharqiy Osiyo Dasturining davomi hisoblanadi. Ho Chi Minh Shahar Texnologiya Universiteti va Tailand Nguyen Iqtisodiyot va Biznes Boshqaruvi Universiteti bilan tuzilgan shartnomalar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari, qo‘shma tadqiqot va ishlanmalar dasturlari, qo‘shma tadqiqot ishlanmalari va qo’shma nashrlarni birgalikda amalga oshirishni tashkil qiladi.

 Rektor Ho Chi Minh  Shahar Texnologiya Universiteti keng ko‘lamli dasturlarga ega ko‘p tarmoqli universitet ekanligini ta’kidlab o’tdi. Universitetning muvaffaqiyatini   shu kunga qadar 40 000 ga yaqin bakalavr va 1500 dan ortiq magistr darajalarini taqdim etganligi bilan e’tirof qilish mumkin. Tailand Nguyen Iqtisodiyot va Biznes Boshqaruvi Universiteti mintaqada o’ziga xos o’quv dasturlar, ilmiy tadqiqotlar, texnologiya transferi va xalqaro hamkorliklar orqali jadal rivojlanib bormoqda. Ta’lim sohalari bo’yicha Sharqiy Karl Iqtisodiyot Fakulteti ikkala universitet bilan umumiy hamkorlik markazi sitida e’tirof etiladi.

Ho Chi Min Shaxar Texnologiya Universiteti rektori professor doktor Nguyen Minh va Bial Tibor.

Tailand Nguyen Iqtisodiyot va Biznes boshqaruvi universiteti prorektori dotsent doktor Dinh Hong Linh va dotsent Bial Tibordir.  Vetnam  Osiyo mamlakatlari va dunyodagi iqtisodiyoti  eng tez rivojlanayotgan, dinamik iqtisodiy rivojlanishi bilan ajralib turuvchi va yangi sanoatlashgan mamlakat sifatida tasniflanadi. Uning  asosiy sanoat markazlaridan biri  Ho Chi Minh Shaxridir.Taxminan 101 million aholiga ega Vetnam dunyodagi eng ko’p aholi  soniga ega bo’lgan mamlakatlar qatorida  16-o’rinda turadi. Janubi-Sharqiy Osiyodagi ushbu mamlakat Vengriyaning eng muhim strategik hamkori bo’lib, Vengriyaning sharqiy munosabatlarini rivojlantirishda muhim o’rinni egallaydi.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy