Back

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Obuda universitetiga tashrifi

Joriy yilning 1 iyul kuni Yevropa Komissiyasining maslahat organi bo‘lgan Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘yicha Oliy darajadagi ishchi guruhi a’zolari Obuda universitetiga tashrif buyurishdi. Qariyb 80 kishidan iborat delegatsiyani rektor, professor doktor Levente Kovacs kutib oldi va institut tarixi va istiqboldagi maqsadlari haqida ma’lumot berdi.

Universitet bilan tanishtirilgach,professor doktor Levente Kovacs universitetning tashkil topgan davridan  to hozirgi kungacha erishilgan asosiy maqsadlari va yutuqlari haqida to’xtalib o’tdi. Rektor, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi pasayish davridan so’ng, muvaffaqiyatli va qobiliyatli talabalarni mexnat bozorida talablariga javob beruvchi  kadrlar sifatida yetishtirish uchun ajoyib iste’dodlarni aniqlash muhimligini ta’kidladi. Rektor universitet doimiy rivojlanish yo‘lidan borayotganini va universitet kelajagini ta’minlashga intilishini ham ta’kidlab o’tdi. Ushbu motivatsiyadan kelib chiqqan holda, Obuda universiteti Széchenyi Venchur fondlari bilan hamkorlikda talabalar tadbirkorlariga murabbiy rahbarligida innovatsion g’oyalarini osonlik bilan amalga oshirishga yordam berish uchun o’zining “Obuda Uni Venture Capital” kompaniyasini tashkil etdi.

Doktor Ervin Ratz O’quv ishlari bo‘yicha prorektor universitetning ta’lim va o‘quv portfelini namoyish qildi. Xalqaro munosabatlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. U hozirda mamlakatda 821 nafar chet ellik talaba tahsil olayotgan bo‘lsada, belgilangan muddat ichida bu raqamni 3000 nafarga yetkazish muximligini ta’kidlab, prorektor universitetning kuchli tomonlarini ham sanab o‘tdi va yaqinda  tugatgan bakalavr talabalarining 78 foiz bitiruvchilari ikki oy Ichida yaxshi oylik to’lanuvchi ish joylariga joylashganliklari, 92 foiz magistr bitiruvchilarining  olti oy Ichida va  magistratura talabalarining 67 foizi esa o‘qishni tugatmasdan turib yaxshi maoshli ish joylarida ish faoliyatini olib borishayotganliklarini ma’lum qildi. Rektor ham, prorektor ham Obuda universiteti 2024 yilgi Yosh universitetlar reytingida 301-350-o‘rinlarni egallab, xalqaro miqyosda taqqoslashda dunyodagi o‘ttiz mingga yaqin universitetlar orasida eng yaxshi deya tan olingan 4 foiz universitetlar qatoriga kirishini ta’kidlab o’tishdi.

Székesfehérvar Kasb-hunar ta’limi markazining xalqaro maslahatchisi Zsanette Imre kasb-hunar maktablari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik muhimligini ta’kidlab o’tdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Markaz va Obuda universiteti o‘rtasida mustahkam hamkorlik mavjuddir. Ular qo‘shma ishchi guruh tuzib, ikki muassasaning o‘quv dasturlarini imkon qadar uyg‘unlashtirishga intilishmoqda. Shuningdek, ular kreditni qabul qilish hajmi bo’yicha ham muzokaralar olib borishdi.

Delegatsiya aʼzolari Obuda universitetining fakultetlari va sanoat hamkorlari tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalarni tomosha qilish uchun uchta guruhga boʻlingan holda uchta joyga tashrif buyurishdi. Ular dastlab universitet tadqiqot markazidagi Beyci Antala iRobotics markaziga, so‘ngra doktor Laszlo Kutorning “Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi” ko‘rgazmasiga, shuningdek, kosposda “Sigma Technologiyasi Sigma Kosmosda va AR Ishlari Sanoatlashgan VR/AR” Neiman Yanos Informatika fanlari fakultetida tashkil qilingan  ko‘rgazmalar chog’ida. Nihoyat, tashrif buyuruvchilar Sandor Rejto   Yengil sanoat va atrof-muhit muhandisligi fakultetining foyesida joylashgan Korond 2.0 va FUGA ko‘rgazmalarini tomosha qilishdi .

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy