Back

Yettel Obuda universitetida talaba qizlar uchun stipendiya dasturini e’lon qiladi

Yettel Hungary Ltd. va Óbuda universitetining Neumann Yanos kompyuter fanlari fakulteti birgalikda axborot texnologiyalari va muhandislik sohalarini ayollar uchun yanada jozibador qilish maqsadida universitet talabalari uchun stipendiya dasturini e’lon qildi.

Yettel tomonidan oʻtkazilgan milliy vakillik soʻrovnomalri shuni koʻrsatdiki, har ikki vengerdan biri erkaklar mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishish osonroq boʻladi, deb hisoblaydi va respondentlarning toʻrtdan bir qismidan koʻprogʻi ayollar oʻz ish joylarida muntazam ravishda salbiy xurofotlarga duch kelishl extimollari mavjudligini ifodalaydi. Yettel tadqiqoti vengerlar o’z ishlarida duch kelishi mumkin bo’lgan gender stereotiplarini o’rganib chiqmoqda.

So’rovnomani to’ldirgan ayollar o’zlarining tashqi ko’rinishi (36%), shaxsiyat (33%), intellektual qobiliyatlari (36%) yoki ota-ona ning o’rni (36%) bilan bog’liq salbiy stereotiplarni muntazam ravishda boshdan kechirishlarini ma’lum qilishdi. Umuman olganda, aytish mumkinki, yoshlar (18-35 yosh) ayollar o’z ish muhitida bunday noto’g’ri qarashlarga muntazam duch kelishadi.

Ikkala gender vakillari ham mehnat bozorida qiyinchiliklarga duch kelmoqda, ammo ayol ishchilar ko’proq to’siqlarga duch kelishmoqda: Ayollarning 59 foizi va erkaklarning atigi 31 foizi insonlarga nisbatan har doim mehribon va tushunarli bo’lishnlari so’raladi . Ayollarning sezilarli darajada yuqori foizi tashqi ko’rinishi, texnik ko’nikmalari haqida sharhlar ba’zi ma’lumotlarni tushunishda biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkinligini bildirishdi. Qizig’i shundaki, respondentlarning atigi 38 foizi hamkasbi salbiy qarashlarga duch kelsa, o’z fikrlarini bildiradi, 60 foizi esa do’st yoki oila a’zosi bo’lsa, qat’iy javob berishini ifodaladi.

Tadqiqot ishlari shuni ko’rsatmoqdaki har ikki ayoldan biri o’z genderi tufayli unchalik muhim bo’lmagan mutaxassis deb hisoblangan va ko’plar bu lavozimga mos kelmasligini (44%) yoki o’zlarini boshqa vazifani bajara olmasliklarini his qilishgan.  (41%).

Har o’n xodimdan oltitasi hozirgi ish joyi gender tengligiga erishish uchun ko’proq ishlar amalga oshirilishi mumkinligiga ishonadi. Respondentlar erkaklar va ayollar uchun teng ish haqi kabi masalalarni takomillashtirish, shuningdek, onalik va otalik ta’tilini teng berish kabi choralarni taklif qilishdi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Yettel Óbuda universitetining Neumann Yanos kompyuter fanlari fakulteti bilan hamkorlikda stipendiya dasturini e’lon qildi. Dasturning maqsadi mobil texnologiyalar va texnik sohalarni yosh ayollar uchun yanada jozibador qilishga qaratilgan.

Grant dasturining umumiy byudjeti yiliga 5 million HUFni tashkil etadi va har semestrda 4 nafar talabaga beriladi. Yettel va Universitet tomonidan tayinlangan professional hakamlar hay’ati g’oliblarni nomzodlar orasidan tanlaydi. Grantlar orqali talabalar mavjud axborot texnologiyalari yoki muhandislik sohasi bilan bog’liq tadqiqot loyihasiga hissa qo’shadilar. Yettel, shuningdek, taxsil olish  davrida va ta’limni tugatganlaridan  so’ng o’z mutaxassisliklari doirasida  professional maslahatlar beradi. Dastur birinchi yilda pilot loyiha sifatida ishga tushiriladi va natijalarni baholash asosida uni davom ettirish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy