Back

«XXI asr tarixi kosmosda yozilgan»  Obuda universitetida TéT konferensiyasi

Joriy yilning 1-iyul dushanba kuni sanasida Budapeshtdagi Obuda universitetida bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar va savdo vazirligining Fan va texnologiya konferensiyasida (TéT) Vengriya kosmik tadqiqotlari holati va Vengriya innovatsiyalari masalalari aloxida axamiyat kasb etdi.

Tashqi ishlar va savdo vazirligi uchun kadrlar tayyorlash, stipendiya dasturlari va ilmiy diplomatiya masalalari boʻyicha masʼul Davlat kotibi oʻrinbosari Miklosh Lengyel dushanba kuni boshlangan konferentsiyada Vengriyaning Yevropa Ittifoqiga raisligining ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu xalqaro hamkorlik darajasini oshirish ekanligini taʼkidlar ekan, tadqiqot, ishlanmalar va innovatsiyalar muhim axamiyat kasb etuvchi ittifoqning raqobatbardoshligi haqida ham o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu maqsadga erishishda ilmiy diplomatiya vositalaridan foydalanish zarurdir. Ularning asosiy vazifasi xorijlik vakolatxonalar va diplomatlar yordamida Vengriya ilm-fani va oliy ta’limining jahondagi nufuzini oshirish, shuningdek, Vengriyaning ilm-fan yutuqlarini dunyoga namoyish etishdan iborat, deya ta’kidladi Davlat kotibi o‘rinbosari.

Tashqi ishlar va savdo vazirligining kosmos tadqiqotlari bo‘yicha komissari Orsolya Ferenc Vengriya kosmik tadqiqotlari holatini ko‘rib chiqar ekan, Yevropa Ittifoqining  Yevropa kosmik kompetentsiyasini jadallashtirish borasida global kosmos sektorining shiddat bilan rivojlanishi va hozirgi davrda tan olinganligini aloxida o’rin egallashini bildirib o’tdi. “21-asr tarixi kosmosda yozilgan”, deya ta’kidladi u va Yevropa Ittifoqi oʻzining fan va innovatsiyalar siyosatida kosmik tadqiqotlarni ustuvor yoʻnalishga aylantirish tarafdori ekanini qoʻshimcha qildi. Uning ta’kidlashicha, Vengriya Yevropa Ittifoqiga  Prezidensiyasi davrida Yevropa Ittifoqining kosmik qonunchiligi bo‘yicha muzokaralarni boshlash, Yevropa Ittifoqi kosmik dasturini o‘rta muddatli baholashni amalga oshirish va Yevropa kosmik vakolatlarini mustahkamlashni kabi masalalarni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Vazirlar komissari Vengriya kosmonavtlari HUNOR dasturi doirasida Vengriya milliy va xalqaro hamkorlari bilan hamkorlikda qirq yildan so‘ng yana kosmosga astronavt jo‘natishini eslatib o’tdi.

Konferentsiyada, Vengriya astronavtlari HUNOR dasturining tadqiqotchi astronavti Tibor Kapu va Vengriya astronavtlar dasturining HUNOR zahirasidagi tadqiqotchi astronavti Gyula Cherenyi so’zga chiqdi. Ular astronavtlarni tanlash jarayoniga Yevropa kosmik agentligi (YKA) va boshqa xalqaro hamkorlar jalb qilinganligini va 247 da’vogardan to’rtta astronavt nomzodi murakkab mezonlar asosida tanlanganini ta’kidlab o’tdilar.

Rektor, professor, doktor Levente Kovacs Obuda universitetining innovatsion ekotizimiga va do’stona-investorlik universitet yondashuviga asoslangan qaror qabul qilish jarayoniga aloxida axamiyat qaratdi. Shuningdek, u ilm-fan va ishlab chiqarishni hamkorlikda rivojlantirish hamda ijtimoiy subyektlarni jalb etgan holda ilg‘or innovatsiyalar va texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan Fraungofer modelini namuna sifatida keltirib o’tdi.

TéT konferensiyasi doirasida Tashqi ishlar va savdo vazirligining “Aqlli Vengriya 2.0” sayyor ko‘rgazmasi taqdim etildi. Ko‘rgazma kuratori Samu Szemerey, multimediya vositalaridan foydalangan holda 25 ta Vengriya innovatsion loyihalari va ishlanmalarini taqdim etishini tushuntirib berdi, ular asosan to‘rtta yo‘nalishga e’tibor qaratishni maqsad qilishgan: aqlli uylar, binolar va shaharlar; aqlli harakatchanlik; aqlli sog’liqni saqlash, tibbiyot va sport; va aqlli qishloq xo’jaligi va sanoat. Tanlov mezoni yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan bilim va ko’nikma talab qiluvchi ishlanmalar, shuningdek, Vengriyaning iqtisodiy va geosiyosiy pozitsiyasiga muvofiq yaratilgan innovatsiyalarni namoyish etish boʻldi, deya taʼkidladi kurator va 2024-yilning ikkinchi yarmida sayyor koʻrgazma Yevropaning bir qator shaharlarida, jumladan Lyublyana, Myunxen, Targu-Mures va Bratislavada namoyish etilishini bildirdi.

Tashqi ishlar va savdo vazirligi bayonotiga ko’ra, TéT konferentsiyasi har yili o’tkaziladigan tadbir bo’lib, Vengriya xorijiy lavozimlarida ilmiy diplomatiya bilan shug’ullanuvchi diplomatlar hamda mahalliy fan, tadqiqot, innovatsiyalar va oliy ta’lim sohasidagi taniqli shaxslar uchun professional forum va uchrashuvlar o’tkazish imkoniyatini beradi.  200 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etgan dushanba kungi konferensiya diplomatlarni tadqiqot natijalari va xorijiy bozorlarda maxsus mahsulotlar, protseduralar, nou-xau yoki litsenziyalar shaklida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion loyihalar bilan tanishtirishga qaratildi. Shunday qilib, TéT konferentsiyasi Vengriya tadqiqotchilari, ishlab chiquvchilari va innovatorlari uchun xalqaro aloqalarni va tashqi bozorlarga kirishni rag’batlantirishini ma’lum qiladi. Kunning ikkinchi yarmida panelistlar Vengriyaning Yevropa Ittifoqiga Prezidentsiyasi  davrida elektromobillik holatini shakllantiruvchi omillar, Vengriya innovatsiyasi va ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar ustuvorliklarini muhokama qilishni rejalashtirishdi.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy