Back

Toshkent universiteti olib borilgan keyingi muhokamalar

Joriy yilning 1 va 2 iyul kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti  (TKTI) va Obuda universiteti o‘rtasida ta’lim va mobillik masalalari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bosh prorektor Professor, doktor András Molnár va Banki Donat Mashinasozlik va xavfsizlik muhandisligi fakulteti dekani, professor, doktor Zoltan Rajnai institutnning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Saidumarxon Saidahmadovlarni qabul qildi.

Muhokamalarning birinchi kuni professor, doktor Andras Molnar, Botond Feher, Iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha bosh direktor  va Neyman Yanos Informatika fakulteti dekani doktor Gyorgy Eigner degatsiya a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Rejaga koʻra, oʻzbekistonlik talabalar bir yil davomida Obuda Universitetining ingliz tilidagi dasturlarida qatnashib, yakuniy dissertatsiya himoyasi va universitet diplomini olish imkoniga ega bo’lishadi. Obuda universiteti talabalari uchun Toshkent Kimyo Texnologiya Instituti muayyan sohalarda ishlab chiqarish amaliyoti imkoniyatlarini taqdim etishlari mumkin bo’ladi.

Toshkent Kimyo Texnologiya Institutidan Obuda universitetiga tashrif buyurgan mexmonlardan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Baxodir Nasriddinovich va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i Saidumarxon Saidahmadovlar bo‘ldi.

O‘zbekistondagi “Ilmiy park” loyihasi bo‘yicha O‘zbekistonlik xamkorlar Obuda Universiteti rahbariyatiga binolarda laboratoriya va jihozlar joylashtirish bo‘yicha o’z takliflarini kiritishlarini bildirdi. Obuda Universitetii O’zbekistondagi mahalliy kompaniyalar o’rtasida bozor tadqiqoti va ehtiyojlarni baholashni tavsiya qildi.

Prof.Dr. Zoltan Rajnai va Toshkentdan kelgan delegatsiya

Mazkur delegatsiya Banki Donatning Mexanika va xavfsizlik muhandisligi fakultetiga tashrif buyurdi, u yerda mehmonlarni professor doktor Zoltan Rajnai, ta’lim direktori Livia Mondićs-Kurmay va Antal Nemeth kutib olishdi. Muhokamalarda talabalarning harakatchanligi masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

BGK vakillari fakultetda taklif etilayotgan dasturlarni taqdim etdilar. Tashrif buyurgan mehmonlar magistratura va kiberxavfsizlik muhandisligi kurslariga katta qiziqish bildirishdi. Qayd etilishicha, Toshkent davlat universiteti magistratura va qisqa muddatli talabalar tashrifi uchun ochiq imkoniyatlarni taklif qildi. BGK ham kreditni tan olish asosida bunday imkoniyatni taklif qildi. Tomonlar BGK ingliz va rus tillarida o‘qitilishi mumkin bo‘lgan fanlar ro‘yxatini tayyorlashi, Toshkent universiteti mutaxassislari esa ingliz tilida o‘qitilishi mumkin bo‘lgan fanlar ro‘yxatini tuzishlari haqida o’zaro kelishib olishdi.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy