Back

Obuda universiteti Xitoyning yetakchi texnik universitetlaridan biri bilan hamkorlikni muhokama qildi

  Joriy yilning 10 iyun kuni Xitoy janubidagi Guilin elektron texnologiyalar universiteti (GETU) vakillari Obuda universiteti bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ishlab chiqarish va biznes hamkorligi bo‘yicha prorektor, professor, doktor Felde Imre kelgusida qo‘shma loyihalar va talabalar almashinuvi dasturlarini yaratishga katta umid bildirdi va aloqalarni rivojlantirish va birgalikda xalqaro konferentsiyalarini tashkil etish masalalri haqida atroflicha to’xtatlib o’tdi.

Professor Felde Imre Obuda universitetida ko’plab xitoylik hamkorlar bilan samarali aloqalar olib borayotganini ta’kidladi va muhokama qilingan mavzular ikki tomonlama diplom dasturini ham o’z ichiga olganligini ta’kidlab o’tdi. Magistratura dasturlari kontseptsiyasiga ko’ra, kurs Óbuda universiteti va GETUda bir vaqtning o’zida boshlanadi, bu esa talabalardan hamkor universitetda kamida bir semestr o’tkazishni talab qiladi. Dasturni tugatgandan so’ng, talabalar bir vaqtning o’zida ikkita darajaga ega bo’lishadi: biri o’z universitetidan, ikkinchisi esa hamkor universitetdan.

Xitoy delegatsiyasiga GETU vitse-prezidenti Ya Chjou boshchilik qildi va u hamkorlik doirasida Obuda universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etishini bildirdi.

Qisqa muddatli almashinuv dasturlari orqali GETU har yili 10 nafar talabani yozgi oʻqish sayohatlariga va har semestrda besh nafar talabani Obuda universitetiga yuborishni rejalashtirmoqda. Tomonlar muzokaralarni kuzda Xitoydagi GETUda davom ettirishga kelishib olishdi.

Guilin elektron texnologiyalar universiteti (GETU)

1960-yilda tashkil etilgan GETU texnologik innovatsiyalar va tadqiqotlar boʻyicha Xitoyning yetakchi universitetlaridan biridir. Unda 40 000 ga yaqin talabalarga dars beradigan 3100 nafar oʻqituvchi faoliyat olib boradi. Elektrotexnika, axborot texnologiyalari va tegishli fanlar bo’yicha yuqori sifatli ta’lim orqali u elektronika va telekommunikatsiyaning tez rivojlanayotgan va doimiy o’zgaruvchan sohalari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.

GETU 680 gektar maydonli  toʻrtta kampusga ega boʻlib, Xitoydagi eng yirik kutubxonalardan biriga ega, 45000 kvadrat metr maydonda                        2 million kitob, 19000 turdagi xitoy va xorijiy jurnallar va 71 maʼlumotlar bazasi mavjuddir. U ilg’or internet axborot platformalari va mukammal o’quv muhiti bilan jihozlangandir.

Universitet 11 ta ilmiy yo‘nalish bo‘yicha 70 ta bakalavriat, 19 ta magistratura va 4 ta doktorantura dasturini taklif etadi.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy