Back

Intellektual muhandislik faoliyatining so’nggi natijalari – Universitet innovatsiyalari kuni

    Óbuda universiteti an’analariga ko’ra, Universitetning tadqiqot va innovatsiyalar markazi (EKIK) bu yil yana Universitet Innovatsiyalar kunini tashkil qiladi. Tadbirda talabalar va taklif etilganlar innovatsion jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishadi. Bu yil start-up  ekotizimida va “Proof of Concept” (Konsept Isboti) kursida tahsil olayotgan jamoalar ham ishtirok etishadi. Panel muhokamalarida yosh tadqiqotchilar va tadbirkorlar  niversitetning tadqiqot va innovatsiyalar markazida o‘z tajribalari va universitetda tadbirkorlikni qanday rivojlantirish mumkinligi haqida o‘rtoqlashishadi.

    Dastur 20-mart (chorshanba) kuni roʻyxatdan oʻtilgach, soat 13:30 da boshlanadi, shundan soʻng faxriy professor unvoni taqdim qilinadi. Soat 14:30 dan boshlab, Obuda universitetining taniqli professorlari  Gabor Fixtinger (yangi “Faxriy Professor unvoni egasi), professor Andrea de Gaetano va professor Amir X. Gandomi aqlli texnologiyalarning muhandislik faoliyatiga doir so‘nggi erishilgan natijalar haqida ma’ruza o‘qishadi.

  Tadbirning ikkinchi kuni, 21-mart (payshanba) soat 9:00da rektor Prof., Dr Levente Kovacs va Milliy intellektual mulk idorasi boʻlim boshligʻi doktor Zoltan Zabori tantanali nutq soʻzlashadi. Shundan so‘ng taqdimotlar va davra suhbatlari o‘tkaziladi.

Oʻtkazilish joyi: Óbuda universiteti, 96/b Bécsi Út, Budapesht 1034.

Sanalar: 2024 yil 20-21 mart

Batafsil dastur bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talabalarni ro’yxatdan o’tkazish bu erda mavjud.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy