Back

O‘zbekistonda to‘rtinchi OU texnoparki barpo etilmoqda

Obuda universiteti ishtirokida O‘zbekistonda birinchi innovatsion ilmiy park tashkil etilayotgani kasbiy faoliyatimizning eng katta muvaffaqiyatlaridandir”, deya ta’kidladi Obuda universiteti rektori, professor, doktor Levente Kovacs universitet delegatsiyasining 2023 yil 17-19 oktyabr sanalaridagi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida.                                          ÓU O‘zbekistondagi eng muhim innovatsion tadbir – Innoweekning maxsus mehmoniga aylandi. Ilmiy konferensiya va ko‘rgazma hamkor institutlar bilan uchrashish va shartnomalar tuzish imkonini berdi”,  deya qo‘shimcha qildi u O‘zbekiston sharqidagi Jizzax shahrida Inno-texnoparkni tashkil etish va undan foydalanishda ishtirok etish, shuningdek, ikki oliy o‘quv yurti bilan tuzilgan va imzolanishi kerak bo‘lgan shartnomalar va o’zaro harakatchanlik va dual ta’lim imkoniyatlari bo’yicha Toshkentdagi imkoniyatlar haqida to’xtalib.

Obuda universiteti delegatsiyasi Oʻzbekistondagi eng muhim innovatsion tadbir boʻlmish Innoweekning maxsus taklif qilingan mehmonlari qatorrida Prof.Dr.Levente Kovács,Dr.Monika Pogatsnik, dekan oʻrinbosari, Prof.Dr.Dyorok György dekan, Prof. Doktor Zoltan Rajnay dekan, Botond Feher, Iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo’yicha bosh direktor, Csaba Sebastien, Žambekdagi Texnologiyalar va innovatsiyalar parkining kelajakdagi tarmoqlari bo’yicha loyiha menejeri  va Antal Nemet, loyiha menejeri Kaposvar shahridagi Smart Industry texnologiya va innovatsiyalar parki vakillari Toshkentga tashrif buyurib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bo’lib o’tgan yirik ko‘rgazmada shu davrgacha qo’lga kiritilgan eng muhim yutuqlarni namoyish etishdi.

O‘zbekiston kelajakka katta kuch va resurslarni sarmoya qilmoqda, bu birinchi navbatda oliy ta’lim, ilmiy hayot va innovatsion sohani rivojlantirish demakdir, deya ta’kidladi  professor doktor Levente Kovacs o‘zbekistonlik hamkorlarning muxim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab. Obuda universiteti uzluksiz va uzoq muddatli g’oyalarni yaratish imkoniyatidir. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, universitetimizning faxriy doktori Ibrohim Abdurahmonov Obuda universitetini Vengriyadagi eng muhim bazalardan biri deb tan olishi shu jarayonda tashkil qiligan qisqa-muddatli uchrashuvda ta’kidlab o’tdi.

O‘zbekiston-Vengriya Inno-technoparki

Innoweek doirasida Obuda universiteti, O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish agentligi, O‘zbekistonning Jizzax viloyati va Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘rtasida  O‘zbekistonning sharqiy qismida jo’ylashgan Jizzax shahrida ilmiy park (Inno-texnopark) tashkil etish bo‘yicha to‘rt tomonlama shartnoma imzolandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Obuda universiteti O‘zbekistonda birinchi innovatsion texnoparkni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Professor doktor Levente Kovacs Jizzax viloyati xokimi doktor Ergash Saliyev bilan uchrashuvdan so‘ng. U Vengriyadagi uchta ilmiy parkdan tashqari, OU yana bir xorijiy sarmoyaning faol ishtirokchisiga aylanganini taʼkidladi. Obuda universitetining xalqaro nufuzini O‘zbekistondagi Inno-texnoparkning barpo etilishida Vengriyaning aynan Obuda universiteti tanlanganligi ham fikrimizning yaqqqol isboti”, deya ta’kidladi rektor.

Yaqinda imzolangan shartnomaga ko’ra, OU TKTI bilan konsorsiumda loyihaning 50 foiziga, qolgan yarmi esa Jizzax viloyatiga tegishli ekanligi ifodalandi. Shuningdek tomonlar turli tematik yo’nalishlarni ishlab chiqishda, shu jumladan uzoq muddatli tadqiqotlarda ishtirok etish, texnik tarkibni aniqlash va zarur laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilishda ishtirok etishga kelishib oldilar.

Jizzaxda qurilayotgan Inno-texnoparkda bilimlarni eksperimental tarzda uzatishga katta e’tibor berilishi rejalashtirilgan, bu esa nafaqat ilm-fanni vizual tushunish imkoniyatini, balki bu tushunchaning qa’tiy mazmunini anglashga ham e’tibor qaratiladi.

O’tgan bir yil ichida dunyo keskin o’zgardi: Yevropa Ittifoqining kamsituvchi tartibga solish tizimi bizni Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi hamkorlarni izlashga majbur qildi. Aftidan, Obuda universiteti mutaxassislarining bilimlari bizning chegaralarimiz ichida ham, undan tashqarisida ham ko‘p joylarda talabga javob beradi”, deya ta’kidlaydi  professor doktor Levente Kovacs.

Inno-texnoparkga sarmoya kiritish allaqachon boshlangan: 2500 kvadrat metrlik qabulxona va uch darajadagi ofis xonalari.

Toʻrtinchi OU texnoparki qurilayotgan Jizzax.

Jizzax O’zbekistondagi eng tez rivojlanayotgan shaharlardan biri bo’lib, aholisi 400 000 ga yaqin bo’lib, ularning deyarli yarmi 18 yoshgacha bo’lgan yoshlardir, shuning uchun shaharda ta’lim olishga  katta e’tibor qaratiladi. Jizzaxda yoshlar koʻp: shaharda shu yerda yoki uning atrofida yashovchi yoshlar uchun beshta universitet mavjud. OU delegatsiyasi Qozon Federal universitetining yaxshi jihozlangan tibbiy modellashtirish laboratoriyasiga tashrif buyurdi va Sambram universitetida yuqori sifatli IT-ta’lim kurslarini o‘tkazdi. Tajriba orttirish maqsadida Vengriya delegatsiyasi Jizzax IT-parki va mahalliy futbol akademiyasiga ham tashrif buyurdi.

Universitetlararo hamkorlik

Xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash, Toshkentdagi ikki oliy o‘quv yurti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, deya ta’kidladi professor doktor Levente Kovacs.

“TIIAME” Milliy Tadqiqot Universiteti rektori, professor, texnika fanlari doktori Bahodir Mirzayev bilan avvalgi qo‘shma loyihalarni davom ettirish, talabalar va o‘qituvchilarning harakatchanligini kuchaytirish, o‘quv dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish va qo’shma ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ikki universitet asosan geoinformatika, qishloq xoʻjaligi va mexatronika yoʻnalishlarida qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirmoqda. Yana bir maqsad yaqin kelajakda “TIIAME” Milliy Tadqiqot Universiteti bilan hamkorlikda magistrlik dasturini ishlab chiqishdir.

Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) rektori, professor Botir Usmonov bilan qo‘shma Inno-texnopark tashkil etish masalalari muhokama qilindi va oltita asosiy yo‘nalish belgilandi: IT-kiberxavfsizlik va ustuvor yo‘nalishlar bilan dasturlash, sanoat robototexnika, aqlli konstruksiya, tibbiy texnologiyalar, aniq texnologiyalar, qishloq xo’jaligi, texnologiyalar transferi va innovatsiyalarni boshqarish.

Shuningdek, yangi TKTI kampusida Obuda universiteti professor-o‘qituvchilarini jalb qilishga kelishildi.

Bundan tashqari, 2024-yildan innovatsiyalarni boshqarish, sanoat iqtisodiyoti, kiberxavfsizlik va muxandislik yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim magistraturani dasturlarini tashkil qilish va ikki tomonlama diplom taqdim qilish rejalashtirilgan.

Oliy ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligiga misol

Professor doktor Levente Kovacsning aytishicha, Markaziy Osiyodagi eng yirik elektronika ishlab chiqaruvchilardan biri Artel kompaniyasining o‘quv markazi ham ko‘plab yangiliklarni joriy qilgan. Kompaniya hamkor institutimiz Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) bilan ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash sohasida yaqin hamkorlik qiladi. Ularning o’quv markazi robototexnika, PLC, payvandlash va hatto plastmassani qayta ishlash sohalarida eng so’nggi uskunalar bilan jihozlangan. Toshkendagi ushbu kompaniya Obuda universitetida dual ta’limga katta qiziqish bildirdi va uchrashuvda universitetda sinovdan o‘tgan usullarni qo‘llab ko’rish bo‘yicha fikr almashildi.

Artel kompaniysi guruhi o‘z faoliyatini 2011-yilda gaz plitalari ishlab chiqarishdan boshlagan bo‘lib, hozirda 20 dan ortiq toifadagi maishiy texnika, jumladan, konditsionerlar, mikroto‘lqinli pechlar, mini-pechlar, gaz va elektr plitalar, televizorlar, muzlatgichlar, mobil telefonlar, changyutgichlar,  kichik maishiy texnika va boshqa ko’p turdagi uskunalarni Markaziy Osiyodagi eng yirik yetkazib beruvchilardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Kompaniya rahbarlarining ta’kidlashicha, ularning nisbatan tez muvaffaqiyatga erishishlarining kaliti faoliyatining adstlabki kunlaridanoq oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va innovatsion jarayonlarni kuchaytirishga e’tibor qaratilganligidadir.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy