Obuda universiteti mutasaddilari Chjenchjou Yengil Sanoat Universiteti (Xitoy) delegatsiyasi bilan talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim, tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha tashabbuslar haqida muzokaralar olib borishdi. Shu bilan birga, Banki Donatning Mashinasozlik va Xavfsizlik muhandisligi fakultetiga Xitoyning yana bir delegatsiyasi tashrif buyurdi. Rektorlik strategiyamga muvofiq, biz xalqaro talabalar dasturlarining sifatiga alohida e’tibor qaratamiz va dasturlarimizda xalqaro magistratura talabalari ulushini oshirishga intilamiz”,deya ta’kidladi Obuda universiteti rektori, professor, doktor Levente Kovacs Xitoy delegatsiyasi bilan hamkorlik tog’risida o’z fikrlarini bildirib.
Chjenchjou Yengil Sanoat Universiteti bilan muxim xalqaro aloqalar va mashhur professor-o‘qituvchilar bilan ta’lim muassasamizning hamkorlik qilish Obuda universitetining e’tirofi va nufuzining ko‘rsatkichidir. Katta ma’lumotlar, sanoat dizayni va stipendiya dasturini ishlab chiqish hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridir”,-deya xabar beradi professor doktor Levente Kovacs.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bizning ikki tomonlama hamkorligimiz tadqiqot va ishlanmalar dasturlaridan, shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar uchun mobillik dasturlaridan boshlanishi mumkin. Ikki universitet oʻrtasida asosan elektrotexnika, axborot texnologiyalari va yengil sanoat yoʻnalishlarida hamkorliklar mavjud. Muhokamalarimiz davomida biz qo‘shma tadqiqot guruhi tuzishga qaror qildik va men Erasmus+ dasturiga qo‘shma ariza topshirishni taklif qildim.
Chjenchjou yengil sanoat universiteti prorektori, professor doktor Zhang Xiao universitet va uning delegatsiyasi a’zolarini tanishtirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muassasa mukammal pedagogik kadrlar va infratuzilmaga ega. Tashkil etilganidan beri ZZULI ta’limga global nuqtai nazardan qarab kelib, ko’plab sohalarda xalqaro va mintaqaviy akademik almashinuv va hamkorliklarni qo’llab-quvvatlashda davom etadi. Professor doktor Zhang Xiao Markaziy Yevropa bilimlarini xalqarolashtirish va integratsiyalashuvi ular uchun muhim ekanligini ta’kidladi.
Chjenchjou yengil sanoat universiteti Hernan viloyati markazida joylashgan. Dunyoga mashhur universitet sifatida qariyb 40 yillik tarixga ega ZZULI gumanitar fanlar, iqtisod, menejment, huquq va ta’lim kabi turli fanlarning muvofiqlashtirilgan rivojlanishiga yordam beruvchi ko’p tarmoqli muhandislikka yo’naltirilgan universitetga aylanib ulgurgan.
Xitoy delegatsiyasining Banki Fakultetiga tashrifi
Banki Donatning Mexanika va xavfsizlik muhandisligi fakultetiga katta delegatsiya yetib kelgan chog’ida Obuda universitetida tahsil olayotgan bir nechta xitoylik talabalar o‘zlarini tanishtirishdi, shuningdek, Markaziy va Fan va texnologiyalar almashinuvi assotsiatsiyasi kabi taniqli tashkilot va kompaniyalar vakillari, Sharqiy Yevropa va Xitoy, xitoylik talabalar Vengriya va Markaziy Yevropa savdo va logistika hamkorlik hududi uyushmasi olimlari vakillari ham ushbu tadbirda qatnashishdi.
Uchrashuv Vengriya va Uzoq Sharq talabalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va hayotiy tajriba almashish maqsadida universitetimiz doktoranti Wu Yue tomonidan tashkil etildi. Tadbir davomida hamkorlik qilish va qo‘shma mobil va ilmiy loyihalarni o‘rganish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor doktor Laszio Gulacsi rektor, professor, doctor Levente Kovacs nomidan ishtirokchilarni samimiy qutladi va Obuda universiteti, ayniqsa, xalqaro reytinglardagi muvaffaqiyatlar haqida tox’talib o’tdi.
Xalqaro aloqalar bo’yich Bosh direktor Tibor Bial xitoylik talabalarni Obuda universiteti va unda taxsil olayotgan talabalar, shuningdek, Budapesht va Vengriya bilan imkon qadar yaqindan tanishishga chorladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ulardagi bilim va tajribalar bizni universitetimizga kelib o‘qish istagida bo‘lgan hamkasblari bilan yaqindan tanishtirishga va ma’lumotga ega bo’lishga zamin yaratadi.
Banki Donatning Mexanika va xavfsizlik muhandisligi fakulteti dekani, professor, doktor Zoltan Rajnai Xitoy delegatsiyasi aʼzolariga hamkorlik qilish, mavjud boʻlgan investitsiya imkoniyatlarini oʻrganish imkoniyatlari haqida takliflar berdi va ularni kelajakda OU bilan muayyan loyixalarda Ilm-Fan parklarida hamkorlik qilishga chorladi.