Back

Obuda universitetida EcoAction /EkoHarakat loyihasida bilimlardan foydalanish

Butun Evropada, shu jumladan, mamlakatimizda ham muhim muammo shundaki, universitetlarda olingan bilimlar sanoatda samarasiz qo’llaniladi. Ikki yil avval “Tengdoshlarni oʻrganish orqali ekotizimga taʼsirni kuchaytirish boʻyicha harakatlar” nomi ostida boshlangan EcoAction/EkoHarakat  universitetlarga oʻzlarining innovatsion salohiyatini roʻyobga chiqarishga, bilim va texnologiyani biznes qiymatiga aylantirishga yordam berishga qaratilgan. Ushbu loyiha joriy yilning 30 may kuni Obuda universitetida bo’lib o’tgan onlayn matbuot anjumanida taqdim etildi.

Tadbirda 2022-yil 1-iyuldan boshlangan EcoAction/EkoHarakat loyihasi oliy o‘quv yurtlarining innovatsion salohiyatini ishga solish, bilim va texnologiyalarni biznes qiymatiga aylantirishda qo‘llab-quvvatlash va shu orqali iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shishga qaratilgani ta’kidlandi.

“Universitet talabalari innovatsiya va tadbirkorlik uchun zarur boʻlgan tafakkur va koʻnikmalarni egallashlari uchun taʼlimning alohida shakli talab etiladi. Sportchilar Olimpiadaga global raqobat orqali eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rishganidek, innovatsiyalar uchun zarur bo‘lgan bilim va tafakkurni faqat haqiqiy g‘oyalarini ishlab chiqish, biznes boshlash, resurslar uchun raqobatlashish va tegishli amaliy tajriba orttirish orqali olishlari mumkin”, deya ta’kidladi doktor Zrubka Zombor. Obuda universiteti qoshidagi Universitet tadqiqot va innovatsiyalar markazi sog’liqni saqlash iqtisodiyoti bo’yicha tadqiqot markazi rahbari, Vengriyadagi EcoAction/EkoHarakat loyihasini amalga oshirish uchun mas’uldir. Uning qoʻshimcha qilishicha, Obuda universiteti Vengriya Startup Universiteti dasturiga (VSUD) asoslanib, “Proof of Concept” Kontepsiyani Asoslash (KA) loyihasi va tegishli kursni yaratganligi bois bir nechta universitet start-uplari paydo boʻlgan. Ular orasida ifloslanish holatlarida foydalanuvchilarga yoki tegishli organlarga darhol bildirishnoma yuboradigan real vaqt rejimidagi atrof-muhit monitoringi tizimi, ekologik toza somon asosidagi izolyatsiya tizimi, til o‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelgan insonlarga yordam berish uchun ilova hamda virtual va inson anatomiyasi kirishini ta’kidlab otish mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilarga tanani tom ma’noda ko’rish imkonini beruvchi kengaytirilgan haqiqatga asoslangan dastur ham taklif qilinmoqda.

Onlayn matbuot anjumanida, shuningdek, EcoAction/EkoHarakat loyihasining yana bir vengriya aʼzosi boʻlgan Pannon Business Network/ Pannon Biznez Tarmoq (PBT) bosh direktorining nutqi boʻlib, u oʻz innovatsion markazlarida manfaatdor tomonlar noyob ishlab chiqarish simulyatsiyasi infratuzilmasi va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishishlari mumkinligini ta’kidlar ekan, shuningdek, zamonaviy yechimlar, shu jumladan ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish, real vaqt rejimida ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, kelajakdagi tendentsiyalarni prognozlash, energiya samaradorligi, chiqindilarni kamaytirish imkoniyatlari, robototexnika, avtomatlashtirish va optimallashtirish hamda sun’iy intellekt xizmatlari haqida ham to’xtalib o’tdi. Szombathely munitsipaliteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan birinchi start up tanlovi 180 ga yaqin tashrif buyuruvchilarni o’ziga jalb qildi. Taqdim etilgan g’oyalar orasida demans bemorlar uchun masofadan boshqariladigan dori-darmon dispenseri va prostata saratoni tashxisi uchun ishlab chiqilgan yangi protsedura ham mavjuddir.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy