Back

Talabalarning 58-ilmiy konferensiyasi boshlandi.

Talabalar shaharchasida 58-ilmiy talabalar konferensiyasi boshlandi. Tadbir Vengriya ilm-fan festivali turkumi doirasida universitet talabalari ilmiy-tadqiqot konferensiyasi tomonidan tashkil etildi. Maqsad – majburiy o’quv dasturiga oid ilmiy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, fanga yo’naltirilgan mustaqil ta’lim bilan shug’ullanish, o’qitish va o’quv dasturi talablaridan tashqariga chiquvchi bilimlarni egallash, talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb qilish, talabalarning tadqiqot faoliyati davomida kasbiy bilimlar bilan ta’minlash va individual yutuqlarni baholashdan iboratdir. An’anaga ko‘ra, talabalar konferensiyasida turli sho’balarida o‘zlarining  ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etadilar.

Alba Regia texnika fakultetida sho’ba sessiyalarining ochilishi va talabalar ishining taqdimoti jarayonida dekan, professor doktor György Györokning kirish nutqi bilan boshlandi. Doktor Richard Horvat, Banki Donat Mexanika va xavfsizlik muhandisligi fakulteti ilmiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari, professor Dyordji Molnár, Kando Kalmana  elektrotexnika fakulteti dekani doktor Habil. Monika Garai-Fodor, Keleti Karoli Biznes va menejment fakulteti dekani doktor Dyordji Eigner, Jon von Neyman kompyuter fanlari fakulteti dekani, doktor Habil. Laszlo Koltai, Reito Shandor yengil sanoat va atrof-muhitni muhofaza qilish fakulteti dekani va Ibla Miklos arxitektura va qurilish fakulteti tadqiqot ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari doktor Zsuzsanna Fachanyilar ham qanashishdi.

Universitet Talabalar ilmiy-tadqiqot kengashi prezidenti, doktor Zoltan Vamosi anjumanning ochilish kunida forum talabalarga alohida imkoniyat berishini, chunki Talabalar ilmiy konferensiyasida ishtirok etish ko‘pchilik uchun ilmiy-tadqiqot masalalarida yanada muhimroq maqsadlarga erishishlarida  boshlang‘ich zinapoya bo‘lib xizmat qilishini e’tirof etdi. U talabalarning tadqiqot ishlarini vaqt o’tishi bilan yaxshilanib borayotganligini tasdiqladi. Umid qilamizki, taqdim etilgan ko‘plab ishlar avvalgi an’analarning muvaffaqiyati va samarasini davom ettirgan holda Talabalar milliy kengashi konferensiyasida universitetimizni muvaffaqiyatli ravishda namoyon eta oladi.

Obuda universitetida 58-TDK konferensiyasida 130 ga yaqin qiziqarli original loyihalar yaratildi. Ishlar havo arxeologik qazishmalar, tadqiqot va qutqaruv missiyalarida dronlar va uyqu fazasiga asoslangan uyg’otuvchi soatlar kabi keng mavzularni qamrab oldi. Boshqa loyihalar energiya ishlab chiqaruvchi magistrallarni, TikTok-ning Z avlodiga ta’sirini va Vengriyaning CHAT GPT-dagi ishlanmalarni o’rganishga qaratilgan. 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan  ochilish marosimi va sh’oba  yig‘ilishlari yakunlariga ko‘ra natijalar e’lon qilinadi, g‘olib deb topilgan ishlar mualliflari va ustozlari taqdirlanadi.

Batafsil tavsifni bu yerda topishingiz mumkin: havola

Óbuda universitetida TDK faoliyati va konferentsiyalari Milliy iste’dod dasturi va Madaniyat va innovatsiyalar vazirligining «Talabalar milliy ilmiy konferensiyasida ishtirok etish, shuningdek, ilmiy seminarlar va tashkiliy vazifalar» nomli granti (NTP-HHTDK-23) tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy