Óbuda universiteti turar joy bilan bog’liq masalalarda, birinchi navbatda, Vengriyaning shaxar chekkasidan tashrif buyurgan talabalarga o’zlarining ilmiy natijalari, ijtimoiy mavqei va ijtimoiy faoliyatiga ko’ra mos va munosib taxsil olishni xoxlovchilarga universitetda ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etishni ko’zlaydi. Shuningdek, ular xalqaro talabalarni cheklangan miqdorda qabul qilishadi. Yashash uchun ruxsat olishda yashash joyini tasdiqlovchi hujjat yoki guvohnoma so’raladi. Óbuda Universiteti talabalar yotoqxonasi orqali turar joy bilan ta’minlaydi va talabalarga qulay yashash joylari, qulay o’qish sharoitlari, sport va ko’ngilochar tadbirlarni ham taklif etadi. Xonalar barcha qulayliklar bilan to’liq jihozlangan va Wi-Fi xizmati ham mavjuddir. Yotoqxonalarda «a’zo kollejlar» deb ataladigan tarmoqlar mavjud bo’lib, ular shaharning turli qismlarida, asosan, fakultetlar yaqinida joylashgandir. Operatsion topshiriqlar “a’zo kollejlar” yetakchilari rahbarligida va “a’zo kollejlar” Talabalar ittifoqi ishtirokida amalga oshirilib kelmoqda. Ushbu amaliyot talabalarni muammolarni hal qilish ko’nikmalarini egallashga yordam beradi va ularni universitetdan tashqari hayotiy tajribalarni egallashlarida ham o’z ko’maklarini ayamaydi.
Banki Donat Yotoqxonasi
Manzil: H-1065 Budapesht, Podmanicki ko’chasi 8.
Turi: 2, 4 va 6 o’rinli xonalar 4 qavatli bino.
Manzil: Shahar markazida, Pest tomonida, Nyugati maydoni yaqinida.
Jamoat transporti: a’lo darajada, tramvay, avtobus, metro, elektrichka
O’rinlar soni: 112.
Imkoniyatlar: Yetarli miqdordagi dushlar, rakavinalar, hojatxonalar, har bir qavatda kichik oshxonalar, shuningdek, mikroto’lqinli pechlar, kir yuvish mashinasilari, quritgichlar va dazmollash moslamalari ham mavjuddir. Barcha xonalarda Internet va kabel televideniyasi, shuningdek, muzlatgichlar ham mavjuddir. Binoda, shuningdek, sport zali, ofis, stol tennisi, markaziy kompyuter xonasi, Wi-Fi va sun’iy yo’ldosh televideniyasi bilan jihozlangan bir nechta madaniyat xonalari ham barpo qilingan.
Mehmonxonasi: yotoqxonaning imkoniyatlarini hisobga olinib, sinchqovlik bilan yondashilgan. Buning uchun hojatxonaga ega bo’lgan bitta uch kishilik xona mavjuddir. Yozda bepul yotoqxonalar asosan turizm va almashinuv turizmi maqsadida foydalaniladi.
O’quv yilida 2 ta mehmonxona (2 xonali) mavjuddir. Xonalarda maxsus hammom va hojatxonalar ham mavjuddir.
Talabalar turar joyi Hotel@BMF
Manzil: H-1084 Budapesht shaxri, Tavásmezyo ko’chasi 7-13.
Address: H-8000 Székesfehérvár, Hosszúsétatér 8.
Turi: 4 qavatli uy 2 va 3 o’rinli xonalalar va 2+2 xonali kvartiralar (2007 yilda qurilgan)
Manzil: 8-mavze.
Jamoat transporti: ajoyib imkoniyatlarga ega, tramvaylar, avtobuslar
O’rinlar soni: 390.
Qulayliklar: Barcha xonalarda Internet va ichki telefon aloqalari mavjuddir, shuningdek, shaxsiy oshxona (pechka, mikroto’lqinli pech va muzlatgich), shuningdek, hojatxona va hammom ham mavjuddir. Qabulxona yonidagi kir yuvish xonasida talabalar foydalanishi uchun 4 ta avtomat kir yuvish mashinasi, shuningdek, har uchala qavatda avto mashina mavjuddir. Binoda o‘quv xonalari ham mavjud. Avtomobil yoki mototsiklga ega bo’lgan talabalar qo’shimcha haq evaziga yopiq to’xtash joyi va yer osti garajlaridan ham foydalanishlari mumkin.
Ovqatlanish: Taomlar menyusiga ega bo’lgan restoranlar mavjud.
Mehmon xonalari: Mehmonxonada 4 ta ikki kishilik va 3 ta uch kishilik xonalar mavjuddir. Bu xonalar barcha qulayliklar va konditsionerlar bilan jihozlangan. Oldindan bron qilishga tog’ri keladi.
Kando Kalman Yotoqxonasi
Manzil: H-1034 Budapesht shaxri, Beci ko’chasi 104.
Turi: 6 qavatli bino, 2019 yilda qayta ochilgan, 2 va 3 o’rinli xonalar va kvartiralar.
Manzil: 3-mavze, Buda kampusidan 3 daqiqalik yayov yetib olish mumkin.
Jamoat transporti: tramvaylar, avtobuslar
O’rinlar soni: 390.
Imkoniyatlar: Har bir xonada kichik oshxona (mikroto’lqinli pech, choynak, muzlatgich) va hammom mavjuddir. Har bir qavatda kamida 2 tadan o’quv xonalari va 6-qavatda kichik tadbirlar va bazmlar o’tkazish mumkin bo’lgan katta klub xonalari mavjud. Bundan tashqari, har bir qavatda katta oshxona (pishirish va tayyorlash uskunalari bilan) va kir yuvish xonalari (yuvish, quritish va dazmollash moslamalari bilan) mavjuddir.
Mehmon xonalari: 11 ta ikki kishilik xonalar, konditsionerli barcha qulayliklarga ega bo’lgan xonalar ham mavjuddirr. Oldindan buyurtma berish so’raladi.
Kiss Arpad Yotoqxonasi
Manzil: H-1034 Budapesht shaxri, Doberdo ko’chasi 6/A.
Turi: 5 ta yuqori qavatdagi 2-3 o’rinli xonalar va 39 ta talabalar xonalari mavjud.
O’rinlar soni: 116.
Qulayliklar: Har bir qavatda umumiy oshxona (aksessuarlar: mikroto’lqinli pech, panjara, elektr pechka, rakavinalar) va umumiy suv uskunlari (3-4ta dush, 3 ta hojatxona, 1ta kir yuvish mashinasi, 1ta kiyim quritgich) mavjud.
Xonalarda rakovina, muzlatgich va simli internetga ulanish uchun 1 ta RJ45 rozetkalari mavjud. Binoda talabalrimiz Neptun kodidan foydalanishlari mumkin bo’lgan Wi-Fi imkoniyatlari ham mavjud. Simli ulanish uchun parolni sotib olish tavsiya etiladi, chunki u hozirda binolarning faqatgina ayrim qismlarida emas, balki barcha universitet binolarida mazkur xizmatlardan foydalanish tartib qoidalari mavjud.
Yotoqxonaning 2-qavatida ofislar va ishlash uchun xonalar joylashgan.
Ijtimoiy hayot: Talabalar ijtimoiy hayotining ajralmas qismi xisoblangan “Ark” klubining binosi bo’lib, uning joylashishi va jihozlanishi ularning mehnati natijasidir.
Ovqatlanish xonasi: Bizning yotoqxonamizning birinchi qavatida turli xil qulayliklari bilan barcha ehtiyojlarga javob beruvchi restoranlar mavjuddir.
Geo Yotoqxonasi
Turi: Xonalarda 2, 3 yoki 4 kishilik o’rinlar mavjud.
Joylashuvi: Székesfehérvarda, Alba Regia Texnologiya fakulteti yaqinida.
O’rinlar soni: 170.
Imkoniyatlar: Ko’p hollarda nafaqat ikkita o’rinli xonalarda dushlar mavjud, balki qolgan xonalarda dushlar mujassam. Har bir qavatda yaxshi jihozlangan oshxona va kir yuvish xonalari mavjud.
Ijtimoiy hayot: Binoda katta konferentsiya zali mavjuddir, podvalda sport zali va musiqa xonalari ham mavjud. Shahar atrofidagi sokin hududda joylashgan, obodonlashtirilgan hovli va asfaltlangan hududga ega turar joy zallarida ta’lim olish, dam olish va sport bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan talabalar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratilgan.
Xonalarda: umumiy hammom va hojatxonaga ega 12 kishilik o’ringa ega bo’lgan mehmonxona o’rinlari mujassamdir.
Yotoqxonalar uchun xos bo’lgan ijtimoiy hayot:
Yotoqxonalar turar joy bilan ta’minlashdan tashqari, talabalarning ijtimoiy hayotini tashkil etishga ham aloxida axamiyat beradi. Har bir istiqomat qilish zallarida har oyda kichik bayramlar, oshpazlar, musiqa kechalari, boshqa tadbirlar va yig’ilishlar o’tkazililib boriladi. Har bir yashash zalida katta tomoshabinlarni jalb qiluvchi maxsus mahalliy tadbirlar o’tkaziladi. Bundan tashqari, barcha yashash zallarini o’z ichiga oluvchi turli xildagi tadbirlar ham tashkil qilinib, jumladan, yetakchilik mashg’ulotlari, muayyan lagerlar va sayohatlar tashkil qilib turiladi.