Bog’lanish uchun ma’lumotlar
Manzil
1084 Budapesht, Tavashmezo ko’chasi 17.
Telefon
Asosiy tashkilot
+36 (1) 666-5230
Fakultet quyidagi bakalavriat kurslarini taklif etadi: (B.Sc) Muhandislik menejmenti bakalavriat darajasi va Menejment va biznes boshqaruvi, Tijorat va marketing va shuningdek bakalavr darajasidan keying Magistratura bosqichi (M.Sc.) Biznesni rivojlantirish bo’yicha va muhandislik (muhandislik menejmenti) bo’yicha magistr darajasilari. Menejment va biznes boshqaruvi bakalavriati kursining maqsadi iqtisod, ijtimoiy fanlar, amaliy iqtisod va metodologiya bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan ekspert iqtisodchilarni tayyorlashdan iborat. Talabalarga iqtisodiy tashkilot va muassasalardagi jarayonlarni rejalashtirish va tahlil qilish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va jarayonlarini boshqarish va tashkil etish imkonini beradigan bilimlar taqdim etiladi. Kerakli bilimga ega bo’lgan talabalar, agar xohlasalar, magistraturada o’qishni davom ettirishlari mumkin. Yo’nalishlar: Marketing, Biznes informatika, Biznes tashkilotchisi. Tijorat va marketing bakalavriat kursi iqtisod, savdo va marketingni tushunadigan va bu sohada barcha texnik ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan mutaxassis iqtisodchilarni tayyorlashga qaratilgan. Iqtisodiy mutaxassislar talabdan kelib chiqqan holda turli xil mahsulot va xizmatlarni sotib olish va sotish, kichik va o’rta kompaniyalar va tashkilotlarning tijorat faoliyatini tashkil etish va boshqarish bo’yicha malakali, shuningdek, ta’limning ikkinchi bosqichida o’qishni davom ettirish uchun chuqur bilim beradi. Fanlar bo’yicha bakalavr, texnik menejment kursi moddiy, moliyaviy va axborot texnologiyalari sohalarida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishda murakkab qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan tabiiy va texnik fanlar, iqtisod va tashkiliy ko’nikmalar sohalarida tegishli bilimlarga ega bo’lgan muhandislik menejerlarini tayyorlaydi. Talabalar yaxshi nazariy bilimlar bazasi bilan ta’minlangan bo‘lib, ular doktoranturaga kirish uchun hujjat topshirish orqali o‘qishni davom ettirish imkoniga ega bo’lishadi. Menejment va biznes boshqaruvi, tijorat va marketing va texnik menejment yo‘nalishlarida tayanch darajasiga ega bo‘lgan bitiruvchilar Biznesni rivojlantirish bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Muhandislik menejmenti yo’nalishi bo’yicha asosiy ma’lumotga ega bo’lganlar, shuningdek, muhandislik o’qituvchisi (muhandislik menejeri) magistri darajasida ta’limni davom ettirishlari mumkin.
BOSHQARUV
Ismi, familiyasi va Lavozimi
Doktor habil. Monika Garay-Foddin