Back

OUda namunali innovatsion ekotizim – Universitet Innovatsiyalar kuni

    Innovatsiya universitetimizning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.  Biz ta’limning turli darajalarida innovatsion madaniyatni egallash jarayoni doirasida bir-biriga tayanuvchi ekotizim yaratdik”, dedi professor doktor Levente Kovacs Universitet tadqiqot va innovatsiyalar markazining Innovatsiyalar bo‘limi tomonidan joriy yilning 21-mart sanasida tashkil etilgan bu yilgi Universitet Innovatsiyalar kunida, aynan bu tadbir ishtirokchilarga universitetning innovatsion jarayonlari bilan tanishish imkonini berdi.

  “Universitetlar Vengriyaning innovatsion koʻrsatkichlarini mustahkamlashda muhim axamiyat kasb etadi. Milliy Innovatsiyalar Agentligi TTC (Technologiyalar Transfer Companiyasi) loyihasi doirasida universitetlarda mavjud bilimlardan foydalanish uchun texnologiyalar transferi faoliyatini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi”, ta’kidladi Bilimlardan foydalanish bo‘yicha direktor Reka Barabas o’zining taqdimotida.

   Vengriya tizimida Obuda universiteti besh spiralli investor universitet modelini tatbiq etish orqali o’ziga xos va mustaqil yo’lni bosib o’tdi va shu tariqa ishlab chiqarilgan ilmiy natijalar sabab akademiya, sanoat, hukumat, fuqarolik jamiyati va bizning universitet hamjamiyati o’rtasidagi hamkorlik doirasida ham, deya ta’kidladi prof. Doktor Levente Kovacs, shuningdek, innovatsion jarayonlarni, ilmiy parklarni qo’llab-quvvatlovchi universitet kapital kompaniyasini yaratish rejalarini muhokama qildi va OU ekotizimini rivojlantirish bo’yicha g’oyalarni ifodalab berdi.

Rektor Initium Plc tashkil etish rejalari haqida to’xtalar ekan,  (bilimlardan foydalanishni targ’ib qiluvchi texnologiyalar transferi kompaniyasi) faoliyat yo’nalishlarini ham ta’kidlab o’tdi.

“Intellektual mulkni himoya qilish, turdosh huquqlarga ega bo’lish va ulardan foydalanish innovatsion jarayonning ajralmas katalizatori xisoblanadi. Intellektual mulk strategiyasisiz innovatsion qiymat zanjirida aks etishingiz qiyin. Milliy Intellektual mulk idorasi huquq egalariga turli platformalar orqali ma’lumot tarqatishdan tortib, universitet ta’limi va maqsadli treningdan intellektual mulk diagnostikasigacha bo’lgan faoliyatlarda yordam beradi”, deya tushuntirdi idora bo‘limi boshlig‘i doktor Zoltan Zabori.

Milliy Innovatsiyalar Agentligining Bilimlardan Foydalanish bo‘yicha direktori Reka Barabas Madaniyat va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy tadqiqot, ishlanmalar va innovatsiyalar direksiyasi bilan hamkorlikda universitetlar va texnologiyalarni qo‘llash mumkin bo‘lgan texnologiyalar transferi modelini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tajriba loyihasini tadqiqot tarmoqlari bilan bog’lagan xolda batafsil tasvirlab berishdi. Uning eng muhim elementi butunlay universitetlarga tegishli boʻlgan texnologiyalar transferi boʻyicha kompaniyalarni yaratish xisoblanib, loyiha beshta universitetda (jumladan, Obuda universitetida) NIUning professional koordinatsiyasi ostida yolga qo’yilishi ma’lum bo’ldi.

    Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, professor doktor Laslo Gulacsi Obuda universitetining innovatsion ekotizimini namoyish qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, universitet mahalliy g‘oyalarni amalga oshirish uchun munosib xissa qo’shib kelmoqda. U universitetning 4 mintaqada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarining yuqori sifatga egaligini, shuningdek, mintaqaviy kontekstda noyob bo‘lgan InnovatsionMmenejment Doktorlik maktabining muxim ahamiyatiga to’xtalib o’tdi.

Universitetning tadqiqot va innovatsiyalar markazi direktori, professor, Dr Tamas Xaydegger o‘z taqdimotida davlat ko‘magida tanlangan beshta universitetda, jumladan, Obuda universitetida yangi tashkil etilgan Texnologiyalar Transferi kompaniyalari ilg’or innovatsiyalarni boshqarish va bozorga yo‘naltirilgan G‘arb kompaniyalarini yaratish imkonini berishini ta’kidladi. Buning yordamida innovatsion loyihalarni  eng kichik talaba tashabbuslaridan tortib, sanoatdan keladigan eng murakkab loyihalarni samarali qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini beradi.

 Sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot markazi rahbari doktor Zsombor Zrubka Neyman Yanos nomidagi Informatika fakultetining birinchi kurs talabalari o‘rtasida innovatsion va tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rganish natijalari taqdim etildi. Uning tushuntirishicha, ular ko‘p yillardan buyon taniqli xorijiy universitetlar tomonidan tadbirkorlik va innovatsion ta’lim samaradorligini baholash uchun qo‘llanilgan anketalarni muvofiqlashtirishgan. Birinchi so’rov natijalari istiqbolli xisoblanib, ular vengriyalik talabalar o’rtasida tadbirkorlik, innovatsiya va tadqiqot tajribasi o’rtasidagi bog’liqlikni namoyon etadi. “Tadqiqotlarimiz natijalari talabalarimizni innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishda samaraliroq qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi”,deya qo‘shimcha qildi u.

Obuda Uni Venture Capital bosh direktori Imre Hild va Venchur Studio direktori Karoli Santo Venchur kapital kompaniyasini yaratish va faoliyat yuritish mohiyatini tushuntirib berdi. Ularning maqsadi innovatsion g’oyalarni kontseptsiyadan to amalga oshirishgacha moliyaviy va professional yordam berish orqali qo’llab-quvvatlash xisoblanadi.

     EKIK innovatsiyalar va biznes hamkori Csaba Arendas universitetning innovatsion maydonida orttirilgan yangi tajribalar bilan o’rtoqlashdi. EKIK direktori o‘rinbosari, professor, Dr Piter Galambos boshchiligidagi davra suhbatlarida yosh tadqiqotchilar va start-upchilar EKIKda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, murabbiylar bilan jamoalar innovatsiyalar bo‘yicha seminarlarda o‘zlarini ko‘rsatishdi, viktorina o‘yini, shuningdek, Innovatsiyalar boshqarmasining “Konsepsiya isboti” murabbiylari tomonidan tashkil etilgan Mentor Expo ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy