Back

Magistratura dasturlari

Bakalavr yoki unga tenglashtirilgan diplomga ega boʻlgan talabalar Magistratura dasturlarida taxsil olishlari mumkin. 14 ta magistratura dasturidan 7 tasi ingliz tilida o’qitiladi. Qabul qilish va darajalarni aniqlash talabalarning o‘quv faoliyati va qabuldan oldin baholangan hozirgi  kundagi xorijiy tildan bilim darajasi (jumladan, ingliz tili) asosida amalga oshiriladi.

Ba’zi magistratura dasturlari talabalarga tegishli muhandislik fanlari bo’yicha bilimlarini yaxshilash uchun ilg’or kurslar va tayyorgarlik semestrlarini taklif qiladi. Ariza beruvchilar o’zlarining akademik transkriptlarini (diplom ilovalarini)va agar kerak bo’lsa, kasbiy tajribasi haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak.

Talabalar odatda belgilangan o’quv rejalariga amal qilishadi, lekin o’zlarining shaxsiy qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tanlov kurslarini tanlashda erkindirlar. Darslar kichik guruhlarda o’qitiladi va talabalar shaxsiy o’qituvchi rahbarligida individual ishlashlariga tog’qi keladi. Talabalar laboratoriyalar, tadqiqot markazlari va kompyuterlardan bepul foydalanishlari mumkin. Magistratura dasturi odatda           2 yil davomida 4 semestrni o’z ichiga olib, haftasiga 26 soat oʻqish va har bir semestrda 5 ta imtihondan tashkil topgan. Dissertatsiya va yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli himoya qilgandan so’ng, magistrlik darajasi beriladi, bu esa diplom sohibiga faol tadqiqotlar olib borish va yuqori darajadagi muhandislik muammolarini hal qilish imkonini beradi.

Amaliy matematika

Arxitektura

Biznes rivoji

Biznes informatika

Kompyuter muhandisligi (Budapesht)

Kompyuter muhandisligi (Székesfehérvár)

Geoinformatika

Marketing

Mashinasozlik

Mexatronika muhandisligi MSc

This website stores cookies on your computer. Cookie Policy